ISHANXODJAYEV MUXTAR

 

        Kapitan Ishanxodjayev Muxtar, 1918-yil 25-mayda Andijon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1935-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini, 1938-yilda Andijon shahridagi ishchilar fakultetini tamomlagan.

        Xizmatni 1938-yilning noyabr oyida 38-tankchilar brigadasida haydovchi-qizil armiyachi sifatida boshlagan. 1941-yilnig noyabr oyidan 1942-yilning fevral oyiga qadar 257-o‘qchilar diviziyasining 943-o‘qchilar polkida siyosiy ishlar bo‘yicha komandir o‘rinbosari, 1942-yilda 2-gvardiya o‘qchilar diviziyasining minomyotchilar vzvodida komandir yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilning avgust-sentabr oylarida 5061-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 56-armiya qoshinidagi kichik leytenantlar kursiga o‘qishga kiradi. 1942-yilning dekabr oyida xizmatni 9-o‘qchilar brigadasining 2-rotasi 3-batalonida minomyotchilar vzvodi komandiri lavozimida davom ettiradi. 1943-yilning aprel-may oylarida 9-o‘qchilar brigadasining alohida tibbiyot-sanitariya rotasida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 257-o‘qchilar diviziyasining 943-o‘qchilar polkida minomyotchilar vzvodi komandiri etib jo‘natiladi va u yerda xizmatni 1943-yilning noyabr oyiga qadar davom ettiradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I darajali Vatan urushi” ordeni va “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI