ISAENKOV VIKTOR FEDOROVICH

 

   

        Mayor Isaenkov Viktor Fedorovich, 1924-yil 14-sentabrda Gorkiy viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yil sentabrda o‘rta maktabning 10-sinfini, 1943-yilda 1-Gorkiy tankchilar bilim yurtini tamomlagan.

1943-yil iyun oyida o‘quv muassasasini tamomlagandan so‘ng 4-Ukraina fronti tarkibidagi 238-alohida tankchilar brigadasining 492-tankchilar batalonida “T-34” tanki komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1944-yilning fevral oyidan 1945-yilning sentabr oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi Qizil bayroq ordenli 120-Orshanskiy tankchilar brigadasining “T-34” tanki komandiri lavozimida xizmat qiladi. Janglarda ikki marotaba yaralanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 30 va 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI