zominlik olti aka-uka tarixi

судьбы шести братьев из заамина

the destiny of six brothers from zaamin

2
3
4
5
6 копия
7

O'SAROVLAR OILASI

TUROT O'SAROV

        IKKINCHI JAHON URUSHI JIZZAX VILOYATINING ZOMIN TUMANIDA TUG’ILIB VOYAGA YETGAN O’SAROVLAR XONADONINI HAM CHETLAB O’TMADI. O’SAROVLAR OILASIDAN 5 NAFAR FARZAND IKKINCHI JAHON URUSHIGA YUBORILGAN. OILANING TO’NG’ICH FARZANDI TUROT O’SAROV 1927 YILDA KO’NGILLI BO’LIB HARBIY XIZMATGA KIRIB, SAMARQANDDA TUZILGAN O’ZBEK BATAL’ONIDA, BIRINCHI O’ZBEK GENERALI SOBIR RAHIMOV KOMANDIRLIK QILGAN VZVODDA XIZMAT QILADI. IKKINCHI JAHON URUSHI BOSHLANGUNGA QADAR MILLIY DIVIZIYANING BIRINCHI OTLIQ POLKI KOMANDIRINING SIYOSIY ISHLARI BO’YICHA O’RINBOSARI ETIB TAYINLANADI. KEYIN TOSHKENTDA HARBIY BILIM YURTIDA TAHSIL OLIB, HARBIY XIZMATNI YANA DAVOM ETTIRADI. TUROT O’SAROVNING HARBIY SOHADAGI TAJRIBASI HISOBGA OLINIB, NAMANGANDA 303-OTLIQ ASKARLAR KORPUSINI TASHKIL ETISH UCHUN YUBORILADI. TUROT O’SAROV 1942-YILDA URUSHGA YUBORILIB, VOLGA BO’YLARI, DNEPROPETROVSK, DONBASS, YASSI, BUXAREST, BUDAPESHT, PRAGA SHAHARLARI UCHUN JANGLARDA ISHTIROK ETIB, KO’RSATGAN JASORATLARI UCHUN «QIZIL YULDUZ» ORDENI BILAN TAQDIRLANADI. TUROT O’SAROV BO’LINMASI GOLOFEREVKA TEMIR YO’L STANSIYASI UCHUN OG’IR JANGDA ALOHIDA KATTA JASORAT KO’RSATADI. U IKKINCHI JAHON URUSHIDA KO’RSATGAN MARDLIGI VA QAHRAMONLIKLARI UCHUN BIR QATOR ORDEN VA MEDALLAR BILAN TAQDIRLANIB, URUSHDAN KEYIN YANA HARBIY XIZMATNI DAVOM ETTIRADI.TUROT O’SAROV HARBIY XIZMATDAN SO’NG ZOMIN VA BAXMAL TUMANLARIDA MAS’UL LAVOZIMLARDA FAOLIYAT YURITIB, 1982-YIL VAFOT ETGAN.

YO'LDOSH O'SAROV

        YO’LDOSH O’SAROV 1941-YIL KO’NGILLI BO’LIB URUSHGA YUBORILGAN. UKRAINA, BELORUSSIYA HUDUDLARIDA DUSHMANGA QARSHI JANGLARDA ISHTIROK ETIB, 1943-YIL VOROSHILOVGRAD SHAHRIDAGI JANGLARDAN BIRIDA HALOK BO’LGAN.

EGAMBERDI QO'SHMATOV

        EGAMBERDI QO’SHMATOV 1941-YIL URUSHGA YUBORILIB, ROSSIYA, UKRAINA, BELORUSSIYA HUDUDLARINI DUSHMANDAN OZOD QILISH JANGLARIDA ISHTIROK ETGAN. U 1944-YIL MURMANSK VILOYATI KANDALAKSHA RAYONI HUDUDIDAGI JANGLARDA HALOK BO’LGAN.

ABDURASUL QO'SHMATOV

        ABDURASUL QO’SHMATOV 1941-YIL 17 YOSHIDA KO’NGILLI SIFATIDA URUSHGA YUBORILIB, 1103-O’QCHI POLKIDA UKRAINA FRONTI YO’NALISHIDA JANGLARGA KIRGAN. U NOVGOROD VILOYATI HUDUDINI DUSHMANDAN OZOD QILISH JANGLARIDA JONBOZLIK KO’RSATGAN. U 1943-YIL NOVGOROD VILOYATIDAGI QISHLOQLARDAN BIRINI OZOD QILISHDA RAZVEDKACHI SIFATIDA TUNDA FASHISTLAR EGALLAGAN HUDUDGA KIRIB, JANGOVOR SAFDOSHLARI BILAN FASHISTLAR EGALLAB OLGAN QISHLOQLARNI OZOD QILISH UCHUN OG’IR JANGLAR OLIB BORGAN. SHUNDAY JANGLARDAN BIRIDA O’NG OYOG’I VA BOSHIDAN OG’IR YARALANIB, KO’P QON YO’QOTISHLAR NATIJASIDA HOLDAN TOYGAN ABDURASUL QO’SHMATOV CHAMASI IKKI KUNLAR QALIN QOR TAGIDA QOLIB KETADI. UNING HALOK BO’LGANLIGI TO’G’RISIDA UYIGA QORA XAT YUBORILADI. YOSH, BAQUVVAT VA MATONATLI ASKAR ABDURASUL O’ZIGA KELGANIDA UNI NIKOLAY ISMLI SHIFOKOR TOPIB, RAFIQASI ANNA BILAN BIRGALIKDA KO’P URINISHLARDAN SO’NG, UNI HAYOTGA QAYTARISHADI. OG’IR YARADOR BO’LIB, QAYTA JANGLARNI DAVOM ETTIRISH SOG’LIG’IGA TO’G’RI KELMAGANLIGI SABABLI 1944-YIL FRONT ORTIGA YUBORILADI. URUSHDAN KEYIN XALQ XO’JALIGI, TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITADI. ABDURASUL QO’SHMATOV MAMLAKAT IQTISODINI TIKLASH HAMDA YOSHLARGA TA’LIM VA TARBIYA BERISH ISHLARIGA O’ZINING KATTA HISSASINI QO’SHIB, 1989-YIL VAFOT ETGAN.

RAHMON QO'SHMATOV

        RAHMON QO’SHMATOV 1941 YIL URUSHGA YUBORILGAN. LENINGRAD OSTONASIDA JANGLARGA KIRIB, FASHISTLAR EGALLAB OLGAN HUDUDLARNI OZOD QILISH UCHUN OLIB BORILGAN JANGLARDA ISHTIROK ETADI. 1943 YIL OG’IR YARADOR BO’LGANLIGI SABABLI UYIGA QAYTARILADI. KO’P YILLAR TURLI SOHALARDA MEHNAT QILIB, 2014 YIL VAFOT ETGAN.

MAMARASUL QO'SHMATOV

        MAMARASUL QO’SHMATOV UCH NAFAR AKASIDAN QORAXAT KELGANIDA 15 YOSHDA EDI. U AKALARI UCHUN JANGLARNI DAVOM ETTIRISH UCHUN 1942 YIL KO’NGILLI BO’LIB FRONTGA BORISH UCHUN YOZILADI. TUMAN KOMISSARIATIDAN 15 YOSHDA BO’LGANLIGI SABABLI RAD JAVOBINI OLADI. SHUNDAN SO’NG, U MEHNAT FRONTIDA O’Z HOHISHI BILAN XIZMAT QILA BOSHLAYDI. HALI ANCHA YOSH BO’LGAN ABDURASUL MEHNAT FRONTIDAGI OG’IR MEHNAT VA SHAROITLAR SABABLI XIZMAT PAYTIDA VAFOT ETGAN.