RINDIN PAVEL ANTONOVICH
katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943)
1901-yilda Ukrainaning Donetsk viloyati, Baxmut tumani Pilipchatino qishlog‘ida tug‘ilgan. 1942-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil apreldan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yil 15-oktabrda batalyonning birinchi desantchilar guruhiga boshchilik qilib, Ukrainaning Chernixiv viloyati Repki tumanidagi Repki shahar tipidagi qishloq yaqinidagi, Dneper daryosining o‘ng sohiliga kechib o‘tadi. Jangchilarni hujumga boshlaydi. Askarlar balandlikni egallab, 120-o‘qchi polkining boshqa bo‘linmalarini egallangan platsdarmga, daryoni kechib o‘tishini ta’minlaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta leytenant Ryndin Pavel Antonovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanagan.
Dnepropetrovskda yashab, mexnat qilgan. 1971-yil 11-iyunda vafot etdi.