KOSENKO PYOTR TIMOFEYEVICH
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (24.03.1945)

 1924-yil 23-fevralda Orenburg viloyati, hozirgi Orenburg viloyatining Quvondiq tumani, Orskiy tumani Sara qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Ukrain. 1930-yilda oilasi Tojikiston SSRning O‘ra-Tepa tumani O‘ra-Tepa shahriga, hozirgi Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Istaravshan shahriga ko‘chib keladi. 1931-yildan O‘ra-Tepa nomidagi uchinchi xalqaro maktabda o‘qigan.
1936-yilda oila Toshkent viloyati, Chirchiq shahriga ko‘chib o‘tadi. 1941-yilda Chirchiq shahridagi K.E.Voroshilov nomidagi o‘rta maktabning 10-sinfini bitirgan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, 1941-yil oktabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va Kaspiy oliy harbiy-dengiz bilim yutiga (Boku) kursant sifatida qabul qilingan.
1942-yil iyun oyida sog‘lig‘i sababli safdan chiqariladi va I.V.Stalin nomidagi 1-Xarkov tank bilim yurtiga o‘qishga yuboriladi. Biroq, uni ham tugata o‘lmaydi. 1943-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 138-piyoda o‘qchi diviziyasi 344-piyoda polkining piyoda-razvedka vzvodiga kirib, o‘zining qolgan jangovar harakatlarini shu vzvodda davom ettiradi. Sobiq kursant sifatida unga serjant unvoni beriladi va guruh komandiri etib tayinlanadi. Voronej, Stepnoy, 1, 2 va 4-Ukraina frontlarida jang qilgan. 1943-yil kuz oylarida Dnepr daryosi platsdarmida jonbozlik ko‘rsatadi, artilleriya va minomyotlar o‘t olovi ostida dushman mudofaasini razvedka qilish vazifasini bajarib, dushmanning bir nechta o‘t ochish nuqtalarini aniqlaydi. Birinchi mukofoti “Jasorati uchun” medali bo‘lgan.
344-piyoda polkining (138-o‘qchilar diviziyasi, 18-armiyasi, 1-Ukraina fronti) piyoda razvedka guruhi komandiri, serjant Kosenko Pyotr Timofeevich 1944-yil 30-mayda jonbozlik ko‘rsatadi. Sovet qo‘shinlari hujumga tayyorlanayotganda, uning bo‘linmasiga muhim “til” ni qo‘lga olish vazifasi qo‘yiladi. Chernivtsi viloyatining Vijenka qishlog‘ida (hozirgi Vitshenka, Kitsmanskiy tumani), guruh yashirincha dushmanning ort tomoniga o‘tib, dushman qo‘shinlarining joylashuvini aniqlaydi va vengriyalik askarni asirga oladi. Biroq, ular ortga qaytganlarida, banderachilar to‘dasining hujumiga uchraydi. O‘z qo‘l ostidagilarini Sovet qo‘shinlari joylashgan joyga asir bilan olib ketilishini pana qilib serjant Kostenko qo‘l pulemyoti bilan jangga kirib, 5 banderachini yo‘q qiladi. Qolganlar qarshilikka uchrab, orqaga chekinishadi, Kostenkoning o‘zi front chizig‘idan xavfsiz o‘tib oladi.
138-o‘qchi diviziyasining 1944-yil 15-iyundagi buyrug‘i bilan serjant Kosenko Pyotr Timofeevich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
344-o‘qchi polkining (138- o‘qchilar diviziyasi, 18-armiya, 1-Ukraina fronti) piyoda razvedka vzvodi komandirining yordamchisi serjant Kosenko Pyotr Timofeevich 1944-yil 11-iyunda razvedka guruhiga bosh bo‘lib jangovar vazifani muvaffaqiyatli yakunlab, nemis ofitserini asirga oladi. Ammo asirni olib kelishda dushmanga duch keladi. Jangda serjant Kostenko 10 ga yaqin nemis askarini avtomat olovi bilan yo‘q qiladi. Asir shtabga qo‘shinlari joylashgan joyga etkaziladi.
1944-yil 10-iyulda yangi razvedkada razvedkachilar nemis mudofaasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlari bilan nemis batalonining bog‘lanuvchi komandirini anqlaydi va qo‘lga oladi.
Serjant Kosenko Pyotr Timofeevich “Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va ko‘rsatilgan jasorat va jasorat uchun”, 18-armiya qo‘shinlarining 1944-yil 12-iyuldagi buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 18-sentyabrda Ukraina SSR, Stanislavl viloyati Voroxta qishlog‘i hududida jangda jonbozlik ko‘rsatadi.
Kuch jihatdan ustun bo‘lgan Vengriya kuchlarining sovet batalyoniga hujum qilganda, razvedkachilarga mudofaalanayotgan qo‘shin ortida Prut daryosi ustidagi ko‘prikni ushlab turish buyurilgan edi. Dushman ko‘prikka yorib kirishga muvaffaq bo‘lganida, engil pulemyotni qo‘lga kiritib dushmanning 4 askarini yakson qiladi. Hujum qaytariladi. Bundan tashqari, dushmanning 2 ta askari asir olinadi. Bir necha kundan keyin yashirincha piyoda batalyonini dushmanning ort tomoniga olib o‘tadi. Natijada, Stanislavskaya viloyati Arzhelyuja qishlog‘ida dushman garnizoni to‘liq tor-mor etiladi, qishloq ozod qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Kosenko Pyotr Timofeyevich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1999-yil 20-aprelda vafot etgan. Novorossiyskda dafn etilgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI