KARIMOV MO‘MIN
oddiy askar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)
1920-yil 13-fevralda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Niyozbash qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek.
Qishloq maktabini tugatgandan so‘ng, kolxozda hisobchi bo‘lib ishlagan. 1940-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan janglarda qatnashgan.
Birinchi bor Suxinichi shahri yaqinidagi jangga kiradi. Moskva yaqinidagi janglarda jiddiy yaralangan. Davolanishdan so‘ng frontga qaytib, Stalingrad mudofaasida ishtirok etadi. 1943-yil kuzida, Fastov shahri yaqinida, ikkinchi marta oyog‘idan jiddiy jarohat oladi. Davolanishdan keyin o‘z bo‘limiga – 53-gvardiya tanklar brigadasiga qaytadi.
1944-yil 17-25-iyulda Prjemyshl shahri (hozirgi Prjemisl, Polsha) uchun bo‘lgan janglarda oddiy askar Karimov razvedka guruhi tarkibida dushman pozitsiyasiga kirib boradi. Avtomat va granatalar bilan jangga kirib ko‘plab dushman askarlarni yo‘q qiladi, 2 tasini asir oladi. 21-iyulga o‘tar kechasi birinchilardan bo‘lib daryodan kechib o‘tib, Karimov dushman transheyalariga kirib, 14 ta fashistni yo‘q qiladi. Shu jangda safdoshlari yordamida boshqa «tilni» asirga oladi. 1944-yil 29-avgustdagi buyrug‘i bilan oddiy askar Karimov Mo‘min 3-darajali “Shuxrat” ordeni bilan tardirlangan.
II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi taqdimnomasida quyidagicha yozilgan: “1945-yil 15-yanvarda Pilitsa daryosini kechib o‘tayotganda, o‘z ortidan razvedka otryadini ergashtirib, suv to‘siqni birinchi bo‘lib kechib o‘tadi. Platsdarm uchun jangda shaxsan o‘zi 30 ta dushman askarni va 1 ta ofitserini yo‘q qiladi. 16-yanvar kuni Karimov jasorat ko‘rsatib, Radomsko shahri uchun o‘tkazilgan ko‘cha jangida 37 nafar fashistni yo‘q qiladi va 1 ta mashinani granata bilan portlatadi». 1945-yil 10-martdagi buyruq bilan oddiy askari Karimov Mo‘min II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 17-aprelda Barut qishlog‘ida (Luckenwalde shahridan 22 km janubi-sharqda, Germaniya) razvedka guruhi tarkibida dushman shtabi qarorgohiga hujum qiladi, 10 dan ortiq fashistlarni qirib tashlab, “til” va qimmatbaho ma’lumotga ega hujjatlarni qo‘lga kiritadi. 20-aprel kuni shaharga birinchilardan bo‘lib kirib boradi, dushmanning o‘t o‘chish tizimini razvedka qiladi, ko‘cha jangida yaralanadi, ammo vazifani bajarishda davom etadi. Boshlangan hujumning 4 kunida Karimov 87 nafar fashistni yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Karimov Mo‘min I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945 yilda zahiraga bo‘shatilgan. Tug‘ilgan qishlog‘iga qaytib, kolxozda ishlagan, keyin o‘rta maktabda harbiy yo‘riqchi bo‘lib ishlagan.
1978-yil 5-mayda vafot etgani.