XASANOV NASIM
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (04.05.1976)
1924-yil 9-aprelda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi O‘zbek qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 6-sinfni tugatgan. Dushanbe shahriga (Tojikiston), 1941-yilda – Nurek qishlog‘iga (hozirgi Xatlon viloyatidagi Norak shahri), keyin Orjonikidzebad (hozirgi Vahdat) qishlog‘ida oshpaz bo‘lib ishlagan.
1942-yil avgustdan Qizil Armiyaga Tojikiston SSR Stalinobod viloyatining Fayzobod tuman harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan.
1942-yil oktabrdan frontda. Janubi-g‘arbiy Stalingrad (1943-yil 20 oktabrdan – 3-Ukrain fronti) va 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Stalingrad jangida, Barvenkovo-Lozovo hujum operatsiyasida, Dnepr, Nikopol-Krivorojskaya, Bereznegovato Snigirevskaya, Odessa, Lublin-Brest, Varshava-Poznan va Berlindagi hujum jangi operatsiyalarida qatnashgan.
1945-yil 27-yanvarda Varshava-Poznan hujum operatsiyasida N. Xasanov razvedkachilar guruhi bilan Poznan shahridan (hozirgi Polsha) shimolda joylashgan Shonnernxauzen qishlog‘ini egallash uchun jangda qatnashadi. Nemislarning o‘q ochish nuqtasi o‘rnashgan uyga yashirincha yaqinlashib kelib, N.Xasanov granata tashlaydi, natijada, dushmanning 5 askari yo‘q qilinadi, o‘qchi qismlari tezda va yo‘qotishsiz oldinga siljishga muvaffaq bo‘ladi.
1945-yil 10-apreldagi 39-gvardiya o‘qchi diviziyasi qo‘mondonining buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlanadi.
1945-yil 23-aprelda Berlindagi hujum operatsiyasida N.Xasanov razvedka guruhi tarkibida Kopenik shahri yaqinidagi Shprey daryosidan kechib o‘tadi (hozirgi Germaniya, Berlin shahri ichida). Platsdarmni egallash uchun jangda 2 ta nemis askarini yo‘q qiladi va 5 tasini asir oladi. Razvedkachilar dushmanning qarshi hujumlarini qaytarib, qo‘shimcha kuchlar kelguncha platsdarmni ushlab turadi.
8-gvardiya armiyasi qo‘mondonining 1945-yil 7-iyundagi buyrug‘iga bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 29-aprelda N. Xasanov razvedkachilar tarkibida Berlin shahridagi Tempelhof parkini dumandan tozalash vazifasini bajaradi. Dushman piyoda askarlari guruhi bilan razvedkachilar o‘rtasida bo‘lgan jangda, N.Xasanov 2 ta nemis askarini yo‘q qiladi. Omon qolgan natsistlar taslim bo‘lishadi. Rota komandiri N. Xasanovga “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofoylashga taqdim etadi.
8-gvardiya armiyasi qo‘mondonining 1945-yil 11-iyuldagi buyrug‘iga bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi. 1947-yil mart oyida zahiraga bo‘shatiladi. Vaxdat tumanida (Tojikiston) Chirtak qishlog‘ida yashagan. Kolxozda ishlagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1976-yil 4-maydagi Farmoni bilan Hasanov Nasim qayta mukofotlash bilan I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.