UTKIN MIXAIL VASILEYEVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (10.04.1945)

 1923-yil 14-martda Samara viloyati Syzran shahri Oktyabrsk tumanidagi Kostyuchi qishlog‘ida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Rus. To‘liqsiz ta’lim olgan. Batraki stantsiya depo ta’mirlash-mexanika ustaxonasida mexanik bo‘lib ishlagan. 1942-yil may oyida Syzran harbiy komissarligidan ko‘ngilli bo‘lib Qizil Armiya safiga ketgan. 1942-yil noyabrdan Ikkinchi Jahon urushida.
Stalingrad yaqinidagi birinchi bor jangga kiradi va yaralanadi. Davolanishdan keyin frontga qaytadi. Noyob harbiy mutaxassislikni – tanklarni yo‘q qiluvchi itlar yo‘riqchisi bo‘lgan.
Urush oxirigacha 1943-yil mart oyida Janubi-G‘arbiy frontning 3-gvardiya armiyasida tashkil etilgan 2-alohida polki it o‘rgatuvchilarning maxsus xizmati tarkibida jang qilgan.
O‘zining maxsus vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, oddiy askari Utkin dushmanning tirik kuchini ham yo‘q qilgan. 1943-yil 3-6-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan janglarda «Privolnoye» qishlog‘ida (Krasnodar o‘lkasi) dushmanning 7 ta askarini va 2 snayperini yo‘q qiladi.
«Jasorati uchun» medali bilan taqdirlangan, keyinchalik Ukraina janubi-g‘arbiy, 4 va 1-chi frontlaridagi janglarda oddiy askari Utkin o‘z vazifalarini bajarishda bir necha bor jonbozlik ko‘rsatadi. 1943-yil 27-avgustdan 25-oktabrgacha bo‘lgan janglarda tankni yo‘q qiluvchilarning itlari bilan 243-o‘qchi diviziyasining 303-qiruvchi-tankga qarshi diviziyasi tarkibida jang qilgan.
Shaxsiy qurol bilan janglarda 15 ta dushman askarini yo‘q qiladi. 1944-yil 1-yanvarda Novo-Troitskoye qishlig‘ida (Dnepropetrovsk viloyati) dushman qarshi hujumini qaytarishda, chap qo‘lidan yaralanadi, lekin jang maydonini tark etmay, avtomati bilan 11 ta fashistni yo‘q qiladi. Jami, 1943-yil 27-avgustdan 1944-yil 2-yanvargacha bo‘lgan janglarda 29 nafar nemis askarini yo‘q qiladi.
3-gvardiya diviziyasi qo‘shinlarining 1944-yil 22-yanvardagi buyrug‘iga binoan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 30-31-yanvar kunlari Nikopol shahri yaqinidagi hujuml janglarda, dushmanning qarshi hujumini qaytarishda oddiy askari Utkin 4 ta fashistni yo‘q qiladi.
25-maydan 15-iyungacha mudofaada bo‘lganida, mergan miltig‘i bilan merganlik ovida qatnashadi va 13 ta dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi.
3-gvardiya diviziyasi qo‘shinlarining 1944-yil 25-oktabrdagi buyrug‘iga binoan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Mixail Utkin I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Toshkent shahrida yashagan. «Toshtekstilmash» uyushmasida chilangar bo‘lib ishlagan. 1991-yil 10-mayda vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI