UNGAROV ALKAR JANGELOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)

 1922-yilda Toshkent viloyati, Quyi-Chirchiq tumani, Xo‘ja-Qo‘rg‘on qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. Qozoq. Boshlang‘ich ta’lim olgan. Kolxozda ishlagan.
1941-yil iyun oyida O‘zbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Shu yildan frontda.
1944-yil 29-iyulda 67-o‘qchi polkining o‘qchi vzvodi komandirining yordamchisi (20-o‘qchi diviziyasi, 28-armiya, 1-Belorusiya fronti) katta serjant Alkar Ungarov Polshaning Yanuv-Podlaski shahridan 8 km sharqda joylashgan Struv qishlog‘ida, vzvod komandirligini qabul qilib, askarlar bilan dushmanning 4 ta qarshi hujumini qaytaradi. O‘nga yaqin dushman askarini qirib tashlaydi va 17 tasini asir oladi.
Janglarda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun 1944-yil 24-avgustda katta serjant Ungarov Alkar Jangelovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 20-yanvarda Sharqiy Prussiyada Gumbinnen shahri yaqinida (hozirgi Gusev Kaliningrad shahri) jangning eng muhim davrida yana vzvod jangchilarni hujumga boshlaydi. Jangda shaxsan o‘zi o‘ndan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi. Jasur kichik komandir yaralanadi, ammo vzvodni boshqarib, jangni davom ettiradi.
1945-yil 2-martda katta serjant Ungarov Alkar Jangelovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Ungarov Alkar Jangelovich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanib.
1945-yil 26-aprelda Berlindan janubi-g‘arbda jangda halok bo‘lgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI