JALOLOV XOLMAT

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)

1921-yil 20-aprelda Turkiston ASSR Farg‘ona viloyati Namangan tumanidagi Xonobod qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan, hozirgi Namangan viloyatining Namangan tumanida. 1941-yilda Xonobod qishlog‘ida 27-sonli maktabning 10-sinfini tugatgan. Kolxozda ishlagan. 1941-yil dekabrda O‘zbekiston SSRning Farg‘ona viloyati Namangan viloyati harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1942-yildan Ikkinchi Jahon urushida. O‘qchi qismlarda jang qilgan. 1943-yil yozidan Voronej frontidagi 4-gvardiya tank korpusi 264-minamyotchilar polkida jang qilgan, 1943-yil sentabr oyida bedarak yo‘qolgan, lekin yarador bo‘lib, boshqa qismda gospitaliga yotqizilganligi aniqlangan. 1943-yil oxiridan boshlab 1-Ukraina frontida 3-gvardiya tank armiyasi 55-gvardiya tank brigadasida jang qilgan. Dnepr, Jitomir-Berdichev, Proskurov-Chernovsi, Lvov-Sandomir, Visla-Oder, Nijne-Sileziya, Berlin, Praga hujum operatsiyalarida qatnashgan. Janglarda 3 marta yaralangan.
55-gvardiya tankchilar brigadasi (7-gvardiya tankchilar korpusi, 3-gvardiya tankchilar armiyasi, 1-Ukraina fronti) gvardiyasi katta serjanti Djalalov Xalmat, Lvov-Sandomir hujum operatsiyasida jasorat bilan jang qiladi. 1944-yil iyul oyining oxirida, Knyajevo qishlog‘iga (Ukraina SSR, Lvov viloyati, Gorodok tumani) bostirib kirishda, hujumdagi batalyonning yon tomonidan olov bilan qo‘llab-quvvatlab, 2 ta ofitser va 20 nafar dushman askarini yo‘q qiladi.
Nemislarning qarshi hujumini qaytarishda mudofaani qat’iyat bilan ushlab turadi va dushmanni chekinishga majbur qiladi. Shu hududda joylashgan Kulikov stansiyasi uchun jangda, minamyot hisobining barchasi halok bo‘ladi va bir o‘zi nemislarning qarshi hujumini qaytarib, 18 ta askarini va 2 ta nemis pulemyoti hisobini yo‘q qiladi.
7-gvardiya tankchilar korpusining 1944-yil 13-avgustdagi buyrug‘i bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Djalalov Xalmat III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 19-yanvarda Velyun shahri uchun (hozirgi Lodz joyida, Polsha) jangda, desantchilar tarkibida tankda shaharga yorib kiradi. Ko‘cha janglarida uning guruhi, 23 nafar fashistni va 2 ta yuk mashinasini yo‘q qiladi.
1945-yil 29-yanvarda Ribnik shahri (hozirgi Silezyan joyida, Polsha) ozod qilishda, guruh nemis askarlari joylashgan 3 ta uyni, dushmandan tozalaydi va dushmanning qarshi hujumini qaytaradi. Janglarda, guruh 4 ta yengil pulemyotni qo‘lga kiritib, 20 tagacha askarni yo‘q qiladi. 1945-yil 3-martda Tennesdorf (hozirgi Sileziya, Polsha) qishlog‘i yaqinida, uning bo‘linmasi 4 ta pulemyot hisobini va harbiy yuki bo‘lgan 2 ta yuk mashinasini yo‘q qiladi.
3-gvardiya tankchilar armiyasining 1945-yil 9-apreldagi buyrug‘i bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Djalalov Xalmat II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 18-aprelda Berlindagi jangovar operatsiyada, Berlindan janubda, o‘rmon yo‘lida, dushman bilan to‘satdan to‘qnashuvda, 20 nafar nemis askarini, 3 ta qo‘l pulemyotini va 1 ta yengil avtomashinasini yo‘q qiladi. 24-aprel kuni Berlinni shturm qilishda, o‘z guruhi bilan birinchi bo‘lib Teltov kanalini kechib o‘tib, kanalning shimoliy qirg‘og‘idagi binoda qulay pozitsiyani egallaydi. Dushmanning to‘htovsiz hujumlarini qaytarib, o‘sha kuni 30 ga yaqin dushman askarini yo‘q qiladi va 2 ta yuk mashinasini yakson qiladi. Jangda yaralanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Djalalov Xalmat I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil oktabrda zahiraga bo‘shatilgan. Xonobod qishlog‘ida yashagan. (1997-yildan keyin ma’lumot yo‘q).

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI