SESNYOV (SISNEV) NIKOLAY IVANOVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxratordenining toliq sohibi (24.03.1945)

 1919-yilda Penza viloyatining Narovchatskiy tumanidagi Aleksandrovka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 3-sinfni tamomlagan. Primorskiy hududidagi Suchan shahrida (1972-yildan Partizansk) yashagan. Shaxtada ishlagan.
1939-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil fevraldan Ikkinchi Jahon urushi frontida, Bryansk frontidagi 109-alohida o‘qchi brigadasi tarkibida guruh komandiri bo‘lgan.
1944-yilning yoziga kelib, gvardiya serjanti Sesnev 71-gvardiya o‘qchi diviziyasi 210-gvardiya o‘qchi polkining o‘rnatma pulemyotchilar guruhi komandiri bo‘lgan. 1 va 2-Boltiq frontlarida jang qilgan. Belorusiya va Boltiqbo‘yini ozod qilish janglarida qatnashgan.
1944-yil 23-iyunda o‘z guruhi bilan Sirotino temir yo‘l stantsiyasi yaqinida (Vitebsk viloyatining Shumilinskiy tumani) chekinayotgan dushman yo‘lini to‘sib qo‘yib, 20 ga yaqin natsistlarni qirib tashlaydi.
1944-yil 1-avgustdagi buyruq bilan gvardiya katta serjanti Sesnev Nikolay Ivanovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 13-avgustda Anes Memele (Latviya, Skaistkalne shahrining janubi-g‘arbiy) qishlog‘i yaqinida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda, pulemyot bilan qanotga o‘tib, dushman piyodalarini tanklardan ajratib tashlaydi va 15 tagacha natsistni yo‘q qiladi.
1944-yil 3-oktabrdagi buyrug‘i bilan gvardiya starshinasi Sesnev Nikolay Ivanovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 1-noyabrda Mutsenieki (Latviya, Priekule shahridan shimoli-sharqida) qishlog‘i ostonasida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda 10 dan ortiq fashistlarni, pulemyoti bilan qirib tashlaydi. Hujumda pulemyoti bilan dushmanning qanotiga o‘tadi va 4 ta o‘t ochish nuqtasini yo‘q qilib, o‘qchi bo‘linmalarni oldinga harakatini ta’minlaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya starshinasi Sesnev Nikolay Ivanovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Yangiyo‘lda, keyin Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yashagan. Yuklovchi bo‘lib ishlagan. 1979-yil 17-dekabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI