PEN IGOR PETROVICH

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Shuxratordeni toliq sohibi (06.29.1945)

 

1924-yil 18-yanvarda Omsk shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Xitoy. Bolalar uyida tarbiyalangan. Maktab fabrikasida o‘qishni tamomlagan.
Buxoro shahrida yashagan, 1942-yil sentabr oyida Qizil Armiya safiga chaqirilgandan. Sharob zavodida, qurilishda ishlagan. 1943-yil noyabr oyidan frontda.
O‘zining jangovar yo‘lini piyoda qo‘shinlarida boshlagan va Melitopol, Qrimni ozod qilish janglarida qatnashgan. Yarador bo‘lgan. Gospitaldan keyin tankchilar maktabiga yuborilgan. Frontga qaytib, 60-gvardiya tankchilar brigadasiga tank ekipajida pulemyotchi sifatida qabul qilingan, so‘ngra o‘qlovchi va tank orudiyasi komandiri bo‘lgan. 1 va 2-Ukraina, 1 va 2-Belorusiya frontlarida jang qilgan.
1944-yil 30-avgust kuni Aleksandrov Kujavski (Polsha) qishlog‘i yaqinidagi jangda ekipaj tarkibida jangda dushmanning tankka qarshi orudiyasini, 2 ta pulemyotni va 10 dan ortiq fashist yo‘q qiladi. Tank dushmanning transheyasiga yaqinlashganda, yotib olgan dushman pulemyotchilarni yo‘q qilib, piyodalarga yo‘l ochib beradi. Aholi yashash punktini egallagach tankchilar rotasi reydni davom ettiradi va dushman bombardimonchilar hujumiga uchraydi. 3 ta tank yonib ketadi, ekipajlari qutqarilib, yaradorlar va 6 nafar asir olib ketiladi.
8-gvardiya tankchilar korpusining 1944-yil 21-sentabrdagi buyrug‘iga binoan, gvardiya katta serjanti Pen Igor Petrovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 16-yanvarda Mlava (Polsha) qishlog‘ida dushmanning mudofaasini yorib kirishda, orudiya komandiri va o‘qlovchi vazifasini bajarayotganda “Pantera” tankini, tankga qarshi orudiya va 10 dan ortiq dushman askarlarini yo‘q qiladi.
1945-yil 14-fevraldagi gvardiya buyrug‘iga binoan katta serjant Peng Igor Petrovich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 5-martda, Preysish-Stargard (hozirgi Polshaning Starogard Gdanski shahri) hududidagi jangda, ekipaj tarkibida, dushmanning 2 ta tankini, 1 ta orudiyani, og‘ir minomyot batareyasini yakson qiladi, 5 ta o‘q-dorilar va jihozlar yuklangan avtomashinani va 40 dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi. Rota komandirining tankiga snaryad tegib yoninb ketganida, olovni o‘chirib, jangovar mashinani saqlab qoladi. So‘ngi janglarining birida jiddiy jarohat oladi, shifokorlar uning oyog‘ini kesib tashlashadi. G‘alaba kunini gospitalda kutib oladi, deyarli 2 yilni gospitalda o‘tkazadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan “Ulug‘ Vatan urushining yakuniy bosqichida nemis-fashist bosqinchilari bilan kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi uchun”, gvardiya katta serjant Peng Igor Petrovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1947-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Omsk shahriga kelgan.
Toshkentdagi zilzilani tugatishda Butunittifoq talabalar qurilish guruhining bosh muhandisi bo‘lgan. So‘ngi yillarda Rostov-Donda yashagan, “Rostovgrajdanproekt” uyushmasida katta muhandis bo‘lib ishlagan.
1998-yil 5-sentabrda vafot etgan. Rostov-Donidagi Shimoliy qabristonga dafn qilingan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI