ABDURAMANOV SEIT-NEBI
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)
1914-yilda Kubishevskiy (hozirgi Baxchisaray) tumanining Biyuk-Karalez (hozirgi Krasniy Mak) qishlog‘ida tug‘ilgan. Qrim-tatar. 1936-yilda armiyaga chaqirilgan. Zahiraga bo‘shatilgandan so‘ng moliyaviy inspektor bo‘lib ishlagan. 1941-yil bahorida yana harbiy xizmatga chaqirilgan va Qizil Armiya kichik komandirlar tayyorlash maktabiga yuborilgan.
Urushni 1941-yil iyun oyidan boshlagan. Janubi-g‘arbiy frontda, Stalingrad ostonasida jang qilgan, qurshovga tushgan va bir nechta kontuziya olgan hamda yaralangan.
1944-yil 20 oktabrda Polshadagi jangda, serjant Abduramanov kunduz kuni, dushman haqida qimmatli ma’lumotlarni bergan, “tilni” asirga olagan. Shu jasorati uchun jangchi III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil yanvar oyida Germaniya hududidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil aprel oyida Zelxov va Lipe aholi yashash punktlari uchun bo‘lgan janglarda mardlik ko‘rsatganligi uchun I-darajali “Shuxrat” ordeniga taqdim etiladi.
Urushdan keyin zahiraga bo‘shatilgan, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan qarindoshlari oldiga qaytgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan, ammo olgan mukofoti haqida bir necha yil o‘tgach biladi.
Seyt-Nebi Abduramanov Namanganda vafot etgan va shahar qabristoniga dafn qilingan.