KALIYEV ANVAR MADIYEVICH
starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)
1921-yil 8-martda Tarxani (hozirgi Tyumen viloyati Yarkovskiy tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sibir tatari. Maktabning 7-sinfini tugatgandan, kolxozda ishlagan.
1940-yilda Kaliyev Qizil Armiyaga xizmatga chaqirilgan. 1941-yil avgustdan – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Moskva, Rjevva Kursk janglarida qatnashgan. 1943-yilning kuziga qadar Markaziy frontning 65-armiyasi 246-otliq diviziyasi 326-alohida razvedka rotasining razvetkachisi bo‘lgan. Desna va Dnepr uchun jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 16-sentabrda Ukraina SSR, Chernihiv viloyati, Koropskiy tumani, Mezin qishlog‘I yaqinida Kaliyev razvedka guruhi tarkibida Desna daryosini kechib o‘tadi. Kaliyev dushman mudofaasining oldingi chizig‘ida razvedka olib boradi va ma’lumotni qo‘mondonlikka yetkazib turgan.
1943-yil 19-oktabrda Kaliyev razvedka guruhi tarkibida Belorussiya SSR Gomel viloyati, Loyevskiy tumani, Loyev qishlog‘I yaqinidagi Dneprni kechib o‘tadi va nemislarning o‘q otish nuqtalarini aniqlash bo‘yicha razvedka olib boradi. Ikki holatda ham, Kaliyevning harakatlari Sovet qo‘shinlarining daryolardan muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam bergan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Kaliyev Anvar Madiyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1946 yilda starshina unvoni bilan zahiraga bo‘shatilgan. O‘zbekiston SSRning turli shaharlarida yashab, mehnat qilgan, 1983-yildan Toshkentda yashagan.
1998-yil 11-sentabrda vafot etgan. Tyumen viloyati Yarkovskiy tumani Yurta qishlog‘ida dafn etilgan.