NAZAROV TUYCHI
oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.04.1945)

1896-yil 1-5-mayda Kalach qishlog‘ida (hozirgi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Tojik.
Boshlang‘ich maktabni tugatgan. Kolxozda traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan. 1943-yil 19-maydan boshlab Qizil Armiya safiga O‘zbekiston SSR Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan.
1943-yil 1-iyundan Ikkinchi jahon urushida 17-gvardiya mexanizatsiyalashgan brigadasining 2-motoo‘qchilar batalyoni o‘qchisi (1-Ukraina fronti, 4-gvardiya tank armiyasi, 6-gvardiya mexanizatsiyalashgan korpusi) lavozimida jang qilgan.
1945-yil 24-yanvarda Nazarov Oder daryosini Kyoben aholi yashash punkti hududida (hozirgi Xobeniya, Polsha) birinchilardan bo‘lib kechib o‘tib, platsdarmni ushlashb turish va kengaytirishda qatnashadi, 12ta nemis askarini va qo‘l pulemyot hisobini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun oddiy askar To‘ychi Nazarov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1974-yil 18-avgustda vafot etgan. Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Kalach qishlog‘ida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 20 YILLIGI" MEDALI