SHAMKAEV AKRAM BELYAEVICH
oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.01.1944)
1916-yil 22-oktabrda, hozirgi Orenburg viloyatining Matveevskiy tumanidagi Staroashirovo qishlog‘ida tug‘ilgan. Tatar. Boshlang‘ich ta’limni faqat 2-sinfni tugatgan. Qishloqda kolxoz tashkil etilgandan so‘ng turli ishlarda va 1935 yildan boshlab MTS-da traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan.
1937-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va tank bo‘linmalarida xizmat qilgan. 1939-1940-yillarda sovet-fin urushda qatnashgan. 1940-yilda zahiraga bo‘shatilgan.
1941-yil iyulda yana armiyaga chaqirilgan. Akasi bilan bitta tankda nemislarga qarshi jang qilgan. Jiddiy jarohatdan so‘ng sapyorlar bo‘linmalarida, keyin 135-alohida motorlashtirilgan ponton-ko‘prik batalyonida xizmatini davom ettirgan.
Bryansk, Voronej va 3-chi Ukraina frontlarida sapyorlar qo‘shinida jang qiladi, Msensk yaqinidagi janglarda, Kursk va Ukrainani ozod qilishda qatnashadi. 1943-yil kuzida Dneper daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil oktabr boshida parom hisobi dushman olovi ostida Kozintsy-Zarubentsi hududiga 3-chi gvardiya tank armiyasi qo‘shinlarining harbiy texnikalarini daryodan kechib o‘tishini ta’minlagan. Birinchi kun dushmanning to‘htovsiz olovi ostida 12 marta daryodan olib o‘tish amalga oshiriladi. O‘q tegishi natijasida paromning 16 joyida teshiklar yuzaga keladi, lekin Shamakayev fidoyilik ko‘rsatib teshiklarni yamaydi va parom suzishni davom ettadi. Kechuv bir necha kun davom etadi.
1943-yil 12-oktabrda Dnepr daryosining o‘rtasida parom shikastlangan qayiqni tortib borayotganida vintga arqon o‘ralib qoliadi va tezligi pasayib ketadi. Shamkaev muzli suv sovuqligiga qaramay suvga sho‘ng‘ib vintni bo‘shatadi. Boshqa safar kema bomba parchalari tegishi natijasida teshilganida, mohirlik bilan yamab, qirg‘oqqacha suzib borishga erishadi va odamlarni qutqaradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Shamkaev Akram Belyaevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Shamkaev zahiraga bo‘shatilgan. O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Kolxozda mexanik bo‘lib, keyin Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi qishloq xo‘jaligi texnikalari birlashmasida ishlagan. Shurchi shahrida yashagan. 1981-yil 12-avgustda vafot etgan.