SHURAS KALMANIS MAUSHOVICH

 yefreytor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

 

1917-yilda Koven viloyatining Novoaleksandrovskiy tumani Antalept qishlog‘ida (hozirgi Litvaning Zarasay tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. 7-sinfni tugatgan. Teri oshlovchi bo‘lib ishlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan O‘zbekistonning Buxoro viloyatiga evakuatsiya qilingan.
Qizil Armiya safiga 1942-yil fevral oyida chaqirilgan.
1944-yilning 12-oktabrida 249-piyodalar polkining orudiya komandiri (1-Boltiq fronti, 2-gvardiya armiyasi, 16-piyodalar diviziyasi) yefreytor Kalmanis Shuras Litvaning Pagegay shahrida Neman daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, ochiq pozitsiyadan turib dushmanning qarshi hujumi qaytarishda dushman tanklarini yakson qiladi. Orudiya hisobining dushman tomonidan safdan chiqarilishiga qaramay yarador bo‘lgan Shuras yolg‘iz o‘zi dushmanni o‘qqa tutishda davom etadi va yigirmadan ortiq dushman askarini yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, yefreytor Kalmanis Shuras Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1979-yil Isroilga ko‘chib ketgan.
2005-yilda Isroilning Rishon Letsion shahrida ko‘chalardan biriga Kalmanis Shuras nomi beriladi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARINING 60 YILIGI» YUBILEY" MEDALI