QORAQULOV JUMAN

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1921-yilda hozirgi Qoraqalpog‘istonning Orol dengizidan janubida joylashgan qishloqda, dehqon oilasida tug‘ilgan. Qozoq. Boshlang‘ich ma’lumotni olganidan so’ng, paxtachilik kolxozida ishlagan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, maktabni, o‘qituvchilik kurslarini tugatgan, boshlang‘ich maktabni boshqargan.
1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida 4-Ukraina fronti, 1-gvardiya armiyasi, 3-tog‘o‘qchilar korpusi, 128-gvardiya tog‘-o‘qchilar diviziyasi 327-gvardiya tog‘-o‘qchi polkida avtomatchilar rotasi o‘qchisi bo‘lgan. Pulemyot uchini tanasi bilan yopib, qahramonlik ko‘rsatgan.
Shimoliy Kavkaz, Kuban, Qrimdagi janglarda qatnashgan. Kerch yarim orolidagi janglarda jonbozlik ko’rsatgan. 1944-yil 14-yanvarida birinchi bo‘lib dushman transheyasiga bostirib kirib, dushmanning 5 askarini shaxsiy quroli bilan yo‘q qiladi. 1944-yil 20-yanvar kuni 3-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yilning oktabrida Karpat-Dyklin operatsiyasida, diviziya Karpatni oshib o‘tadi va Slovakiyada hujumni davom ettiradi. 1944-yilning 17-oktyabrida Zval qishlog‘i yaqinida mustahkamlangan 762-balandlik uchun jang boshlandi.
1944-yil 18-oktyabrida polkning 2-batalyoni va avtomatchilar guruhi yana hujum qiladi, transheyaga bostirib kiradi, uni bir necha soat ushlab turadi va yana chekinishga majbur bo‘ladi, chunki dushman yog‘och-yer o‘q otish nuqtasidan uzluksiz o‘t ochib bo‘linmalar hujumini to‘xtatib harakatini to‘xtatib qo‘ygandi. Uchinchi hujumda vaziyat o‘zgarmay qoladi. Dushman pulemyotdan yana o’q uzayotganida, Karakulov uning oldiga kelib, qo‘lida granatalar bilan pulemyot uchiga yotib, to‘sib oladi va o‘t ochish nuqtasini portlatib yuboradi. Zvalaning shimoli-g‘arbiy chekkasiga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilning 22-fevralidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy askar Karakulov Juman Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI