KRIVTSOV SERGEY VASILYEVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (23.10.1943)

1904-yilning 17-sentabrda Zavershe qishlog‘ida (hozirgi – Voronej viloyatining Ostrogojskiy tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus.
1942-yilning 8-martidan Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yilning 22-sentabrida razvedkachi guruh tarkibida Baliq qishlog’ining Monastiryok mahallasi hududida Dneprning o‘ng qirg‘og‘iga kechib o‘tib, dushman ofitserini, 3ta askarini asirga oladi va qimmatli ma’lumotga ega hujjatlarni qo‘lga kiritadi.
1943-yilning 23-sentabrida fashistlarning artilleriyasi joylashgan joyni aniqlab, artilleriya zarbalarini o‘zi turgan joyga chaqiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yilning 23-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1979-yil 8-fevralda vafot etgan. Chirchiqdagi Troytskiy qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"VLADIMIR ILICH LENIN TAVALLUDINING 100 YILLIGI MUNOSABATI BILAN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 20 YILLIGI" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 30 YILLIGI" MEDALI