XO‘JAEV IRNAPAS (ERNAFAS)

 Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, 170-o‘qchi diviziya, 717-o‘qchi polkining vzvod komandiri yordamchisi.

1916 yil 15 may kuni O‘zbekiston Buxoro viloyati Romitan tumani Romitan qishlog‘ida tug‘ilgan. Millat o‘zbek. Ma’lumoti – to‘liqsiz o‘rta. Sovxozda ishlagan.

1938 yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941 yildan Urush qatnashchisi.1944 yildan partiya a’zosi. 1-Belarus fronti, 48-armiya,
42-o‘qchi korpusi, 170-o‘qchi diviziyasi 717-o‘qchi polki vzvod komandirining yordamchisi  Xo‘jaev 1944 yilning yozida Polshani ozod etishda bo‘lgan janglarda o‘zini ko‘rsatdi.

1944 yil 18 iyul kuni Polsha davlati Xaynavka shahriga yaqin bo‘lgan Semenovka qishlog‘i yaqinida safdan chiqqan vzvod komandirini o‘rniga o‘tib, jangchilarni hujumga ko‘tardi. Vzvod qishloqni ozod etdi. Ushbu jangda Xo‘jaevning o‘zi shaxsan 15 tadan ortiq dushmanni yo‘q qildi. 21 iyul kuni Bolshie Tenevichi qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda Xo‘jaev dushmanning hujumini qaytarib, o‘z jangchilarini hujumga ko‘tardi. Dushman kutilmaganda orqaga chekindi. Juda muhim bo‘lgan joy egallab olindi.

Ushbu janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun  Xo‘jaev Qahramonlik unvoniga taqdim etildi. 1944 yil 26 oktabr kuni Xo‘jaev ko‘kragidan og‘ir jarohat oldi. Bir necha kundan so‘ng, 30 oktabr kuni 1252-evakoharbiy kasalxonada halok bo‘ldi. Polsha davlati Malaya Turka qishlog‘ida dafn etilgan.

1945 yil 24 martdagi Farmoniga muvofiq  Xo‘jaev Irnapasgadushman-fashist bosqichilariga qarshi kurash frontida qo‘mondonning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovar bo‘lib, medal “Zolotaya zvezda”,“Lenin” ordeni bilan taqdirlangan.

Qahramon byusti Buxoro viloyati Romitan tumanining Qoqishtuvon qishlog‘i “Xo‘ja Said” qabristonida byusti o‘rnatilgan. 19-sonli o‘rta maktabga uning nomi berilgan edi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI