SMOLYAKOV ABRAM YEFIMOVICH

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.12.1943)

 1908-yil 25-mayda Sherbinovka qishlog‘ida (hozirgi Mogilev viloyatining Krichev tumani) ishchi oilasida tug‘ilgan.
Uzoq vaqt Yuzovkada (keyinchalik Stalin deb nomlangan) yashab, faoliyat yuritdi.
1930-yildan Qizil Armiya safida. 1941-yilning iyun oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. (Voronej frontining 47-armiyasi 7-gvardiya alohida tanklarga qarshi qiruvchi brigadasi) 1177-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandirining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. Urush boshlanganida G‘arbiy Belarussiyada xizmat qilar edi. Janglarda Dnepr tomon chekinib, Gomel shimolidagi mudofaa janglarida, so‘ngra, qo‘shinlarning qarshi hujumida ishtirok etgan.
1942-yilda Voronej hududidagi janglarda va Kursk hujumlarida, so‘ngra Oboyan hududidagi Kursk jangida, shuningdek Belgorod va Xarkovdagi qarshi hujumda ishtirok etgan. 1943-yil 30-sentabrda Kanev shimolidagi hududda Smolyakovning o‘qchi bo‘linmalari Dneprni kechib o‘tib platsdarmni egallashdi. Dushmanning tanklardagi qarshi hujumlari boshlandi. 1177-chi polk platsdarmga o‘tib oldi. Piyodalar jangovar tartibidagi pozitsiyalarini egallab, dushman tanklari bilan muvaffaqiyatli jang qildi. Shiddatli janglar 3-oktyabr kuni boshlandi.
Artelleriyachilar katta talofot ko‘rdi, to‘plar oldida 1-2 kishigina qo‘ldi. Shu tarzda ofitserlar to‘plarning oldidagi pozitsiyalarni egallashdi. Batareyalardan biri yaqinida polk komandiri podpolkovnik Shalimov va uning siyosiy ishlar bo‘icha o‘rinbosari mayor Smolyakov tanklarni o‘qqa tutishdi. Ularning ikkisi ham jangda halok bo‘ldi, biroq platsdarm qo‘ldan boy berilmadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 24-dekabrdagi Farmoni bilan «Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun» mayor Smolyakov Abram Yefimovich vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
U Cherkass viloyati Kanevskiy tumani Leplyavo qishlog‘ida birodarlik qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" ORDENI