O’ROZOV ILYOS

leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1922-yil 15-oktyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 2-sonli Kalinin qishlog‘ida tug‘ilgan. Qozoq. 1940-yilda sanoat-iqtisodiyot texnikumini tamomlagan, hisobchi bo‘lib ishlagan.
1941-yil dekabrda Yangiyo‘l tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil may oyidan amaldagi armiyada xizmat qilgan. 1944-yilda kichik leytenantlar kurslarini tugatgan. 1944-yil noyabrga qadar 233-o‘qchi diviziyasi 572-o‘qchi polki 7-o‘qchi rotasida o‘qchi vzvod komandiri bo‘lgan. Yugoslaviyadagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 12-noyabrda vzvodi bilan birinchi bo‘lib, Batin aholi punkti yaqinidagi Dunay daryosini kechib o‘tadi. Dushmanni siqib chiqarib, kichik platsdarmni qo‘lga kiritadi va kun davomida dushmanning bir nechta hujumlarini qaytarib, asosiy kuchlar kelgunicha pozitsiyalarini boy bermaydi. Ertasi kuni, shiddatli jangda, yaralangan rota komandirining o‘rnini egallab, kun davomida dushmanning 7 ta qarshi hujumini muvaffaqiyatli qaytaradi. 12-20 noyabr kunlari platsdarmni kengaytirish uchun o‘tkazilgan janglarda, bo‘linmani muvaffaqiyatli boshqaradi.
20-noyabr kuni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tepalik uchun jangda birinchi bo‘lib vzvodi bilan dushman xandaqiga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘l jangida jangchilar 50 dan ortiq dushmanni yo‘q qiladi, ikkita dastakli pulemyotni safdan chiqaradi. Granatalar bilan qurollangan guruh dushman artilleriya batareyasiga yashirincha yaqinlashib, to‘p hisobini yakson qiladi.
11-fevral kuni Vengriya hududida, Falshtornots qishlog‘ida dushmanning navbatdagi marrasini qo‘lga olish mobaynida halok bo‘ladi. Jasadi dushman egallab olgan hududda qolib ketadi. Dafn qilingan joyi aniq emas.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant O‘rozov Ilyos vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI