SEVRYUKOV NIKOLAY MIXAYLOVICH

gvardiya serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.03.1943)

1909-yil 26-aprelda Bortniki qishlog‘ida (hozirgi – Kaluga viloyatining Tarusa tumanida), ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. Moskva agrokimyo va tuproqshunoslik institutini tamomlagan. 1932-yildan boshlab u Abxaziya, Rostov va Farg‘ona viloyatlarining sovxozlarida ishladi. 1939-yilda u Serpuxovdagi onasining yoniga ko‘chib keladi. U Serpuxov tumanidagi “Bolshevik” sovxozida agronom, keyinchalik “Priokskiye Luga” bo‘limining boshqaruvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
1941-yil 23-iyunda Serpuxov tumani harbiy komissarligi tomonidan armiya safiga chaqirildi va o‘sha yilning oktyabr oyidan boshlab – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1943-yil 15-yanvarda 130-gvardiya o‘qchilar polkining (Janubi-G‘arbiy front 1-gvardiya armiyasi 44-gvardiya o‘qchilar diviziyasi) bo‘linma komandiri gvardiya serjanti N. Sevryukov 13 kishidan iborat guruh tarkibida Donskoy temir yo‘l qishlog‘ining chetidagi 3 ta uyni bosib olishda ishtirok etdi. Askarlar kun davomida fashistlarning hujumlarini jasorat bilan qaytarishdi. Qurshovda qolgan askarlar so‘nggi o‘qlari tugagunicha jang qilishdi. Barcha halok bo‘ldi. Yonayotgan uyda pulemyotlarning oldidan chekinmasdan, gurih komandiri ham halok bo‘ldi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 31-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun”, gvardiya serjanti Sevryukov Nikolay Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).
Sovet Ittifoqi Qahramonlari unvoni bilan uning 12 ta quroldoshlari ham taqdirlangan. Qahramonlar Krasnovka temir yo‘l stansiyasidagi birodarlar qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"2-DARAJALI SUVOROV" ORDENI