KOZLOV NIKOLAY MIXAYLOVICH
 kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi O‘ahramoni (10.03.1944)

 1926-yil 12-dekabrda Eski Amanak tumanidagi Nefedkino qishlog‘ida (Samara viloyatining Poxvistnevskiy tumanidagi yo‘qolib ketgan qishloq) rus-dehqon oilasida tug‘ilgan.
1942-yilning sentabrida Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jaxon urushiga 110-tank brigadasi 441-tank batalyoni (18-tank korpusi, 5-gvardiya tank armiyasi, 2-Ukraina fronti) tank komandiri lavozimida qatnashgan. Dnepr uchun bo‘lgan janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
Kursk yoyidagi jangda qatnashgan, Korsun-Shevchenkovskiy va Yasso-Kishinev jangovar operatsiyalarida, Budapesht ostonasida dushmanni mag‘lub etishda qatnashgan.
1943-yil 24-oktabrda Krivoy Rog shahri atrofida tank qurshovga tushib qoladi. 8 soat davomida kuch jihatdan ustun dushmanga qarshi kurashadi. Tankchilarni mohirona va dadil harakatlari bilan tank ekipaji 5ta yog‘och er o‘q otish nuqtasini (dzot), 1ta tankga qarshi to‘pni, 4ta zirhli transport vositalarini, 30ta harbiy yuk ortilgan mashinalarni, 5ta zirhli transport vositalarni, 60ta dushman askarini yo‘q qiladi va tankni qurshovdan olib chiqadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Kozlov Nikolay Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1983-yil 25 sentabrda vafot etgan. Krasnodarda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"3-DARAJALI SSSR QUROLLI KUCHLARIDA VATANGA XIZMAT QILGANI UCHUN" ORDENI