POLAGUSHIN NIKOLAY IVANOVICH

gvardiya kapitani, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.04.1945)

1923-yil 7-martda Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagan. 1941-yil iyun oyida Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yilda Chkalov nomidagi harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini bitirgan. O‘sha yilning sentabr oyidan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Janglarda uch marotaba yaralangan.
1945-yil fevralga qadar 3-Belorussiya fronti 1-havo armiyasi 277-hujum aviatsiya diviziyasi 15-gvardiya hujum aviatsiya polkining eskadrilyasiga komandirlik qilgan. Bu vaqtga qadar 214 marotaba jangovar parvozni amalga oshirgan, dushmanning harbiy texnikalari va tirik kuchlariga zarba bergan va katta talofot yetkazgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya kapitani Nikolay Ivanovich Polagushin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1999-yil 2-fevralda vafot etgan, Moskvadagi Zelenogradsk qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

«Leningrad mudofaasi uchun» medali

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI