KARPOV IVAN PETROVICH
gvardiya serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (13.09.1944)

 1913-yilda Yelxovka qishlog‘ida (hozirga Orenburg viloyati, Totskiy tumani) tug‘ilgan. Oltinchi sinfni tugatgach, kolxozda, keyin zavodda mexanik bo‘lib ishlagan.
1941-yildan Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 3-Ukraina frontining 37-Armiyasi, 20-gvardiya o‘qchilar diviziyasi, 60-gvardiya o‘qchilar polkida pulemyot hisobi komandiri bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Dnestr daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yilning aprel oyida Dnestr daryosini birinchilardan bo‘lib Slobodzeya qishlog‘i (hozirgi Dnestryan Moldaviya respublikasi tarkibidagi shahar) yaqinida kechib o‘tadi. Platsdarmda jangning birinchi kunida shaxsan o‘zi dushmanning 5ta pulemyotini va 30 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi.
13-aprel kuni Moldaviya SSRning Kauseni tumanidagi Kopanka qishlog‘i yaqinida 36 ta nemis askarini va 1ta ofitserni o‘ldiradi. Keyingi janglarning birida halok bo‘ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 13-sentabrdagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya serjanti Karpov Ivan Petrovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"JASORAT UCHUN" MEDALI